Huawei 1
Rossiya Ukraina tomonida jang qilgan britaniyalikni qo‘lga oldi

Rossiya Qurolli kuchlari Kursk viloyatida Ukraina tomonida jang qilgan Britaniya fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda kecha, 24 noyabr kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, TASS xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yollanma jangchining ismi Jeyms Skott Ris Andersen. Rossiya Telegram-kanallarida uning so‘roq paytidagi videosi e’lon qilingan. Videoda erkakning aytishicha, 2019 yildan 2023 yilgacha u Britaniya armiyasining aloqa polkida xizmat qilgan va u yerni tark etgach, "moliyaviy va oilaviy muammolar tufayli" Ukraina xorijiy legioniga qo‘shilgan.

"Reuters" agentligining yozishicha, uning videosi haqiqiyligini darhol tekshirishning imkoni bo‘lmagan. Britaniya Tashqi ishlar vazirligi jurnalistlarning so‘rovlariga javob bermagan. Biroq avvalroq, BBC xabariga ko‘ra, vazirlik Britaniya fuqarosi hibsga olingani haqidagi xabarlardan so‘ng uning oilasiga yordam berayotgani haqida xabar bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112519 | Инструменты