Huawei 1
Shoyguning o'rinbosari Dmitriy Bulgakov o'z lavozimidan ozod etildi

Rossiya mudofaa vazirligi qisman safarbarlik boshlanganidan beri birinchi yirik kadrlar oʻzgarishini eʼlon qildi. Vazir Sergey Shoyguning o‘rinbosari, qo‘shinlarning moddiy-texnik ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan Dmitriy Bulgakov “boshqa ishga o‘tgani sababli” lavozimidan ozod etildi.

Uning o'rniga bu lavozimga Mixail Mizintsev tayinlandi. General-polkovnik Mixail Mizintsev bungacha Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari lavozimida ishlagan.

Armiya generali Dmitriy Bulgakov 2008-yil 2-dekabrdan buyon mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga