Huawei 1
Tejamkor yapon ayoli uchta uy sotib olish uchun pul yig'ishga muvaffaq bo'ldi

Saki Tamogami 19 yoshida o‘z oldiga maqsad qo‘ydi – uchta uy sotib olish. Va ayol buni uddaladi.

Saki ko‘chmas mulk agentligiga ishga kirgach, imkoni boricha hamma narsaga pul tejashni boshladi. U kiyim-kechak sotib olmadi, balki oila aʼzolari va do‘stlaridan sovg‘alarni qabul qildi. Yoki bor kiyimlarini yillar davomida kiyishga odatlandi. Xonim hatto go‘zallik salonlariga borishni ham qisqartirdi, albatta, oziq-ovqatni tejab, kunlik oziq-ovqat xarajatlarini taxminan 1,4 dollargacha kamaytirdi. Uning taomi asosan ugra, turp, rediska va shunga o‘xshash foydali, lekin arzon ovqatlar edi. Umuman olganda, Sakining shiori arzonlashtirilmagan narsalarni sotib olmaslik. Bu oson bo‘lmadi, lekin oy sayin o‘sib borayotgan mablag‘ Sakiga taskin berdi.

Shunday qilib, uning orzusi ushaldi va hozir 37 yoshli ayolning uchta uyi bor: birinchisini 69 ming dollarga, ikkinchisini 124 ming dollarga va uchinchisini 256 ming dollarga sotib oldi. Ko‘pchilik Sakini uning qatʼiyati va tejamkorligi uchun maqtaydi, ammo baʼzilar o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha yaxshi narsalardan voz kechilgan hayotni maʼqullamaydi. Aytgancha, Saki xonim maqsadiga erishganiga qaramay haliyam tejamkor hayotda yashamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91700 | Инструменты