Huawei 1
Telegram Qozog‘istonda o‘z vakolatxonasini ochadi

Qozog‘istonda hukumat bilan noqonuniy kontentni o‘chirish bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida Telegram kompaniyasi ofisi ochiladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev AQSH Savdo palatasi va yirik Amerika kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.

“Biz, shuningdek, noqonuniy kontentni tezkor olib tashlash va zararli kanallarni bloklash maqsadida Telegram bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz. Qonunchiligimizga ko‘ra, Telegram, WhatsApp va TikTok kabi internet platformalari endi Qozog‘istonda o‘z vakiliga ega bo‘lishi shart. Telegram bilan ularning vakilini tayinlash va ofis ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi — bu kontent ustidan nazoratni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam, deya Madiyevning so‘zlarini keltirmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda Apple va Meta kompaniyalari vakillari ham ishtirok etgan. Madiyev “Firibgarlik sxemalariga qarshi kurashish bo‘yicha Meta bilan ishlash boshlanayotganini” aytgan.

“Meta vakillarining ta’kidlashicha, Qozog‘iston duch kelayotgan internet firibgarligi ko‘plab mamlakatlar uchun umumiy muammodir. Oxirgi chorakda Meta sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda butun dunyo bo‘ylab 1,2 milliard soxta akkauntlarni blokladi”, deyiladi xabarda.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101415 | Инструменты