Saylovda g‘alaba qozongan AQSH prezidenti Donald Trampning jamoasi Eronga “maksimal bosim” strategiyasini tayyorlamoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, uning maqsadi Tehronni yangi yadroviy bitim tuzishga majburlashdan iborat.
“Tramp jamoasi Tehronga qarshi Oval kabinetdagi birinchi kunida chiqarishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni tayyorlamoqda, xususan, Eron neftining eksportiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va qo‘shish ustida ishlamoqda. Maksimal bosim taktikasi Eronni muzokaralarga majburlashga urinish uchun ishlab chiqiladi”, deb yozadi nashr.
Nashrga ko‘ra, bunday choralar qo‘llash orqali Vashington Tehronning neft daromadlarini kamaytirishga harakat qiladi. Bu Eronning o‘z armiyasiga, shuningdek, mintaqadagi ittifoqchi harakatlarga moliyaviy sarmoyalarini kamaytirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tramp maʼmuriyatining rejalari bilan tanish bo‘lgan milliy xavfsizlik bo‘yicha ekspertning xabar berishicha, ushbu chora-tadbirlar Vashington va Tehron o‘rtasidagi “munosabatlarni barqarorlashtirish”ga qaratilgan bo‘lsa-da, Tramp maʼmuriyatining shartlari Eron uchun maqbul bo‘lmasligi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111715 | Инструменты