AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya va Xitoyni “ajratishini” aytdi.
“Bayden ularni birlashtirdi. Bu sharmandalik. Men ularni ajratishim kerak. Men buni qila olaman deb o‘ylayman”, — dedi Tramp jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida.
Oktyabr boshida Tramp AQSh Rossiya va Xitoy bilan qulay shartlarda hamkorlik qilishi mumkinligini aytgandi. Bundan oldin, iyul oyida Tramp Amerikaning amaldagi maʼmuriyatining siyosati Xitoy va Rossiyaning “turmush qurishiga” va “kichik ukasi Eronni, keyin esa Shimoliy Koreyani qabul qilishga” olib kelganini aytgandi. Bunday vaziyatda bu mamlakatlar boshqa hech kimga muhtoj emas, dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122615 | Инструменты