Huawei 1
Tramp Ukrainadagi urushni tugatish rejasini ma’lum qildi

Prezidentlikka Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni yangi yilgacha tugatishini aytdi. Shu bilan birga, u bunga erishish usulini ham ochiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainadagi urushni rasmiy lavozimga kirishishidan oldin ham tugatishi mumkin — reglamentga ko‘ra, inauguratsiya 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

“Agar prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsam, men bu urushni rasman lavozimga kirishgunimga qadar saylangan prezident sifatida hal qilishimga ishonaman. Men bu urushni to‘xtata olaman, chunki bu dahshatli urush. Ular Ukrainada siz tasavvur qilganingizdan ham ko‘proq odamni o‘ldirmoqda”, dedi Tramp.

Trampning rejasiga ko‘ra, u hokimiyatga kelganidan keyin 12 oy ichida energiya narxini ikki baravar yoki undan ko‘proq kamaytirish niyatida ekanini aytgan.

“Putin 40 dollarlik neftga qarshi kurasha olmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91703 | Инструменты