Turkiyaning Izmir viloyati qirg‘oqlarida 133 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi, 73 nafari qo‘lga olindi.
Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Urla, Seferihisor va Chashma mintaqalari qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan rezina qayiqlar borligi haqidagi ma’lumot olingan. So‘ng bu hududlarga qutqaruv guruhlari jo‘natilgan.
Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari 15 nafari voyaga yetmagan, jami 83 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Muhojirlar uchta rezina qayiqda bo‘lgan.
Keyinroq yana dvigeteli ishdan chiqqan rezina qayiqlar aniqlangan. Sohil qo‘riqlash guruhi 50 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi, ulardan 20 nafari bolalar edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10616 | Инструменты