Huawei 1
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

Turkiyada joriy yilning 6 fevral kuni ro‘y bergan zilzila qurbonlari 50 mingdan oshdi. Bu haqda bugun, 20 mart Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi rahbari Yunus Sezer ma’lum qildi.

“O‘chog‘i Qahramonmarashda bo‘lgan zilzilalarda halok bo‘lganlar soni 50 096 kishini tashkil etdi. 107 204 kishi jabrlandi”, deydi u Anqarada jurnalistlarga bergan intervyusida.

Yunus Sezer vayron bo‘lgan binolarning texnik holati va qurilish standartlariga muvofiqligi uchun u yoki bu darajada mas’ul bo‘lgan 300 dan ortiq odam hibsga olinganini bildirdi. 104 nafar pudratchi, 161 nafar usta, 15 nafar bino egasi va uylarning asl loyihasiga o‘zgartirish kiritgan 18 nafar shaxs hibsga olingan.

Eslatib o’tamiz, 6-fevral kuni Turkiya va Suriya chegarasidagi hududlarda 7,8 magnidudali zilzila sodir bo'ldi. Bu Turkiya tarixida 1939-yildagi Erzindjan zilzilasidan beri ro'y bergan eng katta falokat bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты