Huawei 1
Turkiyadagi kungaboqar ekilgan dalada ulkan o‘ra paydo bo‘ldi

Turkiyaning Eskishahar shahridagi kungaboqar ekilgan dalada chuqurligi 20 metr, diametri 5 metr bo‘lgan o‘ra paydo bo‘ldi. Bu haqda Haberler xabar berdi.

Mazkur hududda o‘ralar uch marta kuzatilgan, lekin oxirgisi mahalliy aholini cho‘chitib yuborgan. Maydon egasi o‘z uchastkasida yangi hosil bo‘lgan o‘ra haqida tegishli organlarga ma’lum qilgan. Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari surishtiruv boshlagan.

Karst o‘ralari suvda eriydigan tog‘ jinslarida tuproqning harakati natijasida hosil bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, fermerlar ko‘p suv talab qiladigan ekinlarni yetishtirishi sababli, tuproqni haddan ziyod sug‘ormoqda.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi inspektori Ender Muhammad Gumyushning aytishicha, bu Eskishahardagi uchinchi ma’lum o‘rama.

“Butun mamlakat bo‘ylab 11 ta provinsiya va 51 ta tumanda suv iste’molida cheklovlar joriy etilgan. Eskishaharning oltita tumani ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Yer osti suvlaridan noto‘g‘ri foydalanilayotgan hududlarda muammolar paydo bo‘lmoqda. Bunday hududlarda suv iste’molini cheklaymiz va rejali xo‘jalikni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deya ta’kidladi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123019 | Инструменты