Huawei 1
Ukraina minalangan hududlar tufayli har yili 11,2 milliard dollar yo‘qotadi

Ukraina hududlari minalanishi va boshqa portlovchi moddalar bilan ifloslanishi ortidan yiliga 11,2 milliard dollar zarar ko‘rmoqda. Bu haqda Toni Bler instituti tadqiqotiga tayanib, Ukraina Iqtisodiyot vazirligi xabar berdi.

Tegishli zarar mamlakatning 2021-yildagi yalpi ichki mahsulotining 5,6 foiziga teng. Asosiy yo‘qotishlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining kamayishi va mahalliy soliqlardan tushgan daromadlarning pasayishi bilan bog‘liq.

Chernigov, Sumi, Nikolayev va Xarkov viloyatlari portlovchi moddalar bilan ifloslangan hududlar tufayli hududiy yalpi ichki mahsulotining 20 foizdan ko‘prog‘ini yo‘qotgan. Bu esa 1,1 milliard dollardan ortiq soliq tushumlarining yo‘qolishiga olib kelgan.

Iqtisodiyot vazirligi ma’lum qilishicha, hukumat o‘z qishloq xo‘jaligi yerlarini minalardan tozalash bilan shug‘ullanayotgan fermerlar uchun kompensatsiya dasturini ishga tushirgan.

Ayni paytda Prozorro tizimida qishloq xo‘jaligi yerlarini minalardan tozalash xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha 10 ta kimoshdi savdosi e’lon qilingan. Minalardan tozalash rejalashtirilgan yerlarning umumiy maydoni 3700 gektardan ortiqni tashkil etadi. Yaqin ikki hafta ichida kimoshdi savdolari muvaffaqiyatli yakunlanishi va dastlabki shartnomalar imzolanishini kutmoqdamiz, dedi iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91802 | Инструменты