Huawei 1
Ukraina Mudofaa vazirligida jangovar to‘lovlar uchun mablag‘ tugadi

Ukrainada harbiy to‘lovlar uchun pul yo‘q. Bu haqda Oliy Rada byudjet qo‘mitasi raisi Roksolana Pidlasa ma’lum qildi.

“Mudofaa vazirligi bizga 20-sentyabrgacha jangovar xarajatlarni to‘lashga mablag‘lari yo‘qligini aytdi. Lekin biz 20-sentyabrgacha davlat byudjetiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz beramiz. Hozir Oliy Rada yig‘ilishi sanasini ayta olmayman, lekin taxminan 17—18-sentyabr kunlari ovoz berishni kutmoqdamiz”, dedi u.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, yil boshida AQSHdan moliyalashtirish kechikishi tufayli qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Shu sababli, Kiyev harbiylar uchun ajratilgan mablag‘larga qurol sotib olishga majbur bo‘lgan.

Avgust oyida Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mudofaa ehtiyojlari uchun mablag‘ning keskin tanqisligi — 12 milliard dollardan ortiq defitsitni e’lon qilgan edi.

Financial Times xabar qilganidek, Ukraina yillik 87 milliard dollarlik byudjetining deyarli yarmini mudofaa xarajatlariga ajratgan, biroq ichki daromadi atigi 46 milliard dollarni tashkil etadi. Rada deputati Aleksandra Ustinova davlat byudjetidagi yemirilishlar G‘arb mablag‘lari yordamida yopilayotganiga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar yordamni to‘xtatsa, Ukraina rasmiylari G7 mamlakatlariga yordam so‘rab “qo‘l cho‘zishga” majbur bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91700 | Инструменты