Huawei 1
Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi

Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Prezident farmoni bilan ushbu mukofot davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun berilgan.

Ma’lumot uchun, Jamshid Qo‘chqorov 1964 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini 1985 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar temir yo‘l texnikasining katta hisobchisi sifatida boshlagan. 

1996—1997 yillarda Markaziy bank raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1997 yilda Moliya vazirining o‘rinbosari — Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan va 2005 yilgacha ishlagan. 2015—2016 yillarda moliya vazirining o‘rinbosari, so‘ngra moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2017—2020 yillarda O‘zbekiston bosh vazirining makroiqtisodiy tahlil va bashorat qilish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, Moliya vazirligini boshqargan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101916 | Инструменты