Huawei 1
Ukrainadagi urush 2025-yilda tugaydi — NYT

Ukrainadagi qurolli mojaro 2025-yilda, ya’ni “muzokaralar yili”da tugashi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

“AQSHdagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonganidan qat’i nazar, Ukrainadagi urushning kelasi yili tugash ehtimoli yuqori... Voqelik shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yil muzokaralar yili bo‘lishi muqarrar”, deyiladi maqolada.

Shuningdek, Donald Trampning AQSHdagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi tinchlik jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Trampning o‘zi saylovoldi tashviqoti paytida jangovar harakatlarni qisqa vaqt ichida yakunlash mumkinligini ta’kidlagan.

Maqola muallifi ta’kidlashicha, Trampning bu bayonoti “ozgina mubolag‘a” bo‘lsa-da, umuman olganda, respublikachining muzokaralarni iloji boricha tezroq boshlash istagini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Ukraina qo‘shinlarida askarlar yetishmasligi, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar tez tugab borayotganiga e’tibor qaratilmoqda. Tramp hokimiyat tepasiga kelishi bilan AQSHdan yetkaziladigan harbiy yordam esa tobora kamayib borishi mumkin. Bularning barchasi Kiyevni Moskva bilan muzokaraga kirishishga majbur qiladi, deyiladi maqolada.

AQSHning saylangan prezidenti Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamagan, lekin Kiyevning Yevropa ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlik qilish variantini taklif etishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121518 | Инструменты