Huawei 1
WSJ: Rossiya va Ukrainaning umumiy yo‘qotishlari million kishiga yetdi

Rossiya-Ukraina urushida halok bo‘lgan va yaralanganlar soni bir million kishiga yetdi. Bu haqda Ukraina manbalari va G‘arb razvedkasiga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Ukraina hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarida halok bo‘lganlar soni 80 ming harbiy xizmatchini, yaradorlar soni esa 400 mingni tashkil etgan. Rossiya armiyasining qurbonlari soni turlicha; Ayrim ma’lumotlarda halok bo‘lganlar soni 200 ming kishiga, yaradorlar soni esa 400 mingga yaqin ekani aytilmoqda. Yo‘qotishlarni hisoblash qiyin: hech bir tomon rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmaydi.

The Wall Street Journal ko‘p sonli yo‘qotishlarni Rossiya uchun muammo deb ataydi. Ammo Ukraina aholisining bir necha baravar kamligini inobatga olsa, bu ham katta zarar hisoblanadi.

Bundan tashqari, katta yo‘qotishlar urushdan oldin aholining qisqarishi bilan kurashayotgan, asosan, iqtisodiy va ijtimoiy tartibsizliklar bilan bog‘liq bo‘lgan ikkala davlat uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты