Huawei 1
Xitoy dunyodagi eng yirik GAESni ishga tushirdi

Xitoyda Fennin gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi (GAES) ishga tushirildi. U Xebey provinsiyasining Chende shahrida joylashgan. 

“Xitoy elektr tarmoqlari kompaniyasining maʼlum qilishicha, bu dunyodagi eng yirik shunday elektr stansiyasidir”, deb xabar bermoqda “Sinxua“ agentligi.

GAESning oʻrnatilgan quvvati 3,6 GVtni tashkil qiladi. Fennin yiliga 6,61 milliard kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Mutasaddilar bu GAES yiliga 480,8 ming tonna shartli yoqilgʻidan (koʻmir ekvivalentida) tejashga va uglerod oksidi chiqindilarini 1,2 million tonnaga qisqartirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Bu mamlakatning energiya samaradorligi hamda ekologik barqarorlik sohasidagi maqsadlariga erishishda salmoqli hissa qoʻshadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10616 | Инструменты