Huawei 1
Ko'p miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirganlikda ayblangan o'zbekistonlik fuqaro Turkiyadan deportatsiya qilindi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan, 2022-2023 yillarda ishonchga kirish yo‘li bilan o‘zgalarning umumiy hisobda qariyb 60 (oltmish ming) AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib 2023-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1992 yilda tug'ilgan Doniyorjon Muqimjonov bugun Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты