Huawei 1
AQSHda ozdiruvchi dori vositalari sababli 162 nafar inson halok bo'ldi

Vazn yo‘qotish uchun ishlatiladigan diabetga qarshi dori “Ozempic” va boshqa shunga o‘xshash tez vazn yo‘qotish uchun qabul qilinadigan dori vositalari 2018-yildan beri AQSHda 162 nafar kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Daily Mail’ning aniqlik kiritishicha, o‘limlarning kamida bittasi to‘g‘ridan to‘g‘ri inyeksiya tufayli sodir bo‘lganligi hali isbotlanmagan. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘lim statistikasida bunday dorilar muhim rol o‘ynagan holatlarni aniqlagan. Xususan, dori qabul qilgach, qayt qilgan vaqtida bo‘g‘ilib vafot etgan ikki kishining o‘lim holati ham qayd etilgan.

“Umuman olganda, 2023—2024-yillarda vazn yo‘qotishda yordam beruvchi dori vositalaridan o‘lim holatlari bir necha barobarga ko‘paygan: 2022-yilda 18 ta, 2023-yilda 58 ta, 2024-yilning birinchi yarmida esa 57 ta holat qayd etilgan”, deya qo‘shimcha qilgan nashr.

CNN yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, “Ozempik”ni qabul qilgan odamlarda o‘z joniga qasd qilish fikri 45 foizga ko‘proq ekanligini ma’lum qilgan edi.

“Ozempik” preparati dastlab  II toifa diabetga chalingan odamlarga qonidagi shakar darajasini tartibga solishga yordam beradigan gormon sifatida aniqlangan. Biroq, ishtahani nazorat qilish uchun miyaga ta’sir qilishi aniqlangandan so‘ng, u vazn yo‘qotish uchun ishlatila boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты