Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Qatarda ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan uyushtirilgan davra suhbatida qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Qatarda ta’limni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan uyushtirilgan davra suhbatida qatnashdi.

"Taʼlimni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etish men uchun ulkan sharafdir. Taklif uchun Shayxa Muza bint Nosir al-Misnad hazrati oliyalariga minnatdorlik bildiraman.

Oʻzbekiston taʼlim sifatiga, ayniqsa, qizlar va ayollarning bilim egallashiga katta eʼtibor qaratmoqda. Bu borada yurtimiz sarhadlari bilan cheklanib qolayotganimiz yoʻq.

2018-yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar taʼlimi markazi ochildi, hozirga qadar bu yerda 700 nafarga yaqin Afgʻoniston fuqarosi tahsil oldi, ulardan 200 nafari – xotin-qizlar.

Afgʻonistonlik ayollar uchun bu juda muhim – mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida malakali tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi.

Biz gumanitar inqirozning oldini olish yoʻlida afgʻonistonlik qizlar va ayollarni zaruriy kasblarga oʻqitish ishlarini davom ettirishga tayyormiz. Qatar hukumati va “Education Above All” jamgʻarmasi boʻlsa, bu borada bizga yordam berishga shay.

Mavjud vaziyatni inobatga olsak, bu vazifani uddalash barcha tomonlar uchun oson boʻlmaydi. Lekin biz bu yoʻlda bor kuch-quvvatimizni ishga solishga tayyormiz.

Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya —taʼlim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir", - deya yozgan u o'z sahifasida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91712 | Инструменты