Huawei 1
Ipoteka garov xatlarini onlayn olish mumkinligi belgilanmoqda

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ipoteka krediti bozori yana-da rivojlantirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur qonun loyihasi bilan "Ipoteka to‘g‘risida"gi, "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi, "To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida"gi qonunlarga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, «Ipoteka to‘g‘risida»gi qonunga onlayn tartibda yoki davlat xizmatlari markaziga borish orqali garov xatini rasmiylashtirish va garov xati bilan bog‘liq boshqa harakatlarni amalga oshirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinyapti.

Qonun loyihasida belgilanayotgan normalar garov xatini rasmiylashtirish, uni berish, qayta moliyalash jarayonini jiddiy tarzda soddalashtirish imkonini beradi. Shuningdek, ipoteka garov xatlari aylanmasini yana-da rivojlantirish, aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ipoteka kreditini berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Deputatlar muhokamalar davomida o‘z taklif-tavsiyalarini bildirib, qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты