Huawei 1
Andijonda shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etgani xususida xabarlar tarqaldi.

Shundan so‘ng mazkur holat to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida maxsus Ishchi guruh tomonidan tezkor o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты