Huawei 1
Xitoyda tornado oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 79 kishi jarohatlandi

5-iyul kuni Xitoyning sharqiy Shandun provinsiyasidagi Xeze shahrida kuchli tornado hodisasi kuzatildi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi va 79 kishi jarohatlandi. 

Tornado juma kuni mahalliy vaqt bilan 14:30 atrofida sodir bo‘lgan. 

U avtomobillar, daraxtlar va uy tomlarini havoga uchirib yuborgan. Ko‘plab xususiy uylar va binolar zarar ko‘rgan.

Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100511 | Инструменты