Xitoylik olimlar gen tahrirlash texnologiyasidan foydalanib, Q10 koenzimini sintezlaydigan yangi guruch navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Koenzim Q10 — inson hujayralari energiya almashinuvining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yurakni antioksidant himoya qilishda muhim vazifalarni bajaradi. U oksidlanish jarayonlarini kamaytiradi, yurak mushaklariga kuch bag‘ishlaydi, mushaklar tirishishi va spazmalarini, og‘riq sindromining oldini oladi hamda teri osilishini bartaraf etadi.
Ko‘plab sportchilar bu moddani o‘z ratsioniga qo‘shadi. Modda mushak tolalarini mustahkamlaydi, sport mashg‘ulotlaridan keyin kuch va quvvatni tiklashga yordam beradi.
Ammo inson tanasida ushbu moddani sintez qilish qobiliyati 20 yoshdan so‘ng sezilarli darajada pasayadi. Shu sababli, olimlar uni guruch kabi an’anaviy don ekinlaridan olishni taklif etdi.
Tadqiqotchilar 67 oilaga mansub 134 ta o‘simlik namunalarini to‘pladi va koenzim yopiq urug‘li o‘simliklarga xos ekanini aniqladi. G‘alladoshlar, murakkabguldoshlar va qovoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning aksariyati asosan Q9 koenzimini sintez qiladi. Xitoyning asosiy milliy ekin turi bo‘lgan guruch esa inson uchun zarur hisoblangan Q10 koenzimiga boy hisoblanadi.
Olimlar maxsus texnologiyadan foydalanib, ushbu foydali moddani sintezlaydigan guruch navini yaratdi. Natijada, olingan namunaning barglarida koenzim miqdori umumiy miqdorning 75 foizini tashkil etdi, guruch donlarida esa ushbu modda ulushi bir grammda 5 mikrogrammgacha yetdi. Bunda hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatilmagan.
Xitoy Fanlar akademiyasi yangi guruch naviga inson uchun Q10 koenzimining eng muhim manbai sifatida qaramoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты