Huawei 1
XVJ Ukraina uchun ko‘p millionlik yordam transhini tasdiqladi

Ukraina o‘z budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)dan navbatdagi moliyaviy yordam transhi oladi — taxminan 400 million dollar. 28 mart, juma kuni Ukraina uchun kengaytirilgan moliyalashtirish dasturini ko‘rib chiqishni yakunlagan Xalqaro valuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi qarori tashkilotning veb-saytida e’lon qilindi

«Ukraina iqtisodiyoti barqarorligicha qolmoqda va EFF dasturining ishlashi qiyin muhitga qaramay kuchli bo‘lib turibdi», deyiladi hujjatda.

Ukraina hukumati veb-saytida aytilishicha, XVJ EFF dasturi doirasida 2023 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda rejalashtirilgan 15,5 milliard AQSh dollaridan taxminan 9,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi yetti transh allaqachon davlat budjetiga tushdi.

«Ukrainaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkonini beruvchi qo‘llab-quvvatlashi va tajribasi uchun Xalqaro valuta jamg‘armasiga minnatdorchilik bildiraman. Biz birgalikda aniqlangan islohotlarni amalga oshirish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz», — dedi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40103 | Инструменты