Yerni 12, 13 va 14-fevral kunlari kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu haqda Meteoagent xabar berdi.
Magnit bo‘ronning sababi Quyoshda sodir bo‘lgan X sinfidagi chaqnashdir, bu quyosh chaqnashlari sinflarining eng kuchlisi hisoblanadi. Prognozlarga ko‘ra, 12 va 14-fevralda 5 balli, 13-fevralda esa 6 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda.
Quyosh faolligi kuzatiladigan kunlar hatto sog‘lom odamlar ham salomatligida o‘zgarishlar kuzatilayotganidan shikoyat qiladi. Jumladan, bosh og‘rig‘i, holsizlik, diqqatning pasayishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o‘zini yomon his qiladi.
Magnit bo‘ronining salomatlikka ta’siri
Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:
Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash tavsiya etilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish, qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты