Yevropa ittifoqi 2024-yil bahorigacha Ukrainani bir million artilleriya snaryadi bilan ta’minlashga va’da bergandi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel mazkur va’da bajarilganini aytdi.
Biz Ukrainaga 1 million snaryad yetkazib berish bo‘yicha o‘z va’damizni bajardik va qish oxirigacha 75 ming ukrainalik askarni tayyorgarlikdan o‘tkazamiz, degan u.
Borrel Yevropa ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Ukrainaning eng kuchli tarafdorlari bo‘lib qolishi hamda ittifoqning Kiyevga yordami ortishini aytdi. Biroq u hozirgi qo‘llab-quvvatlash darajasi jang maydonidagi vaziyatni Ukraina foydasiga o‘zgartirish uchun yetarli emasligini ham tan oldi.
Biz yordamni kuchaytirishimiz va Ukraina himoyachilariga qizil chiziqlar qo‘yish siyosatidan voz kechishimiz kerak, dedi Borrel.
Yevropa diplomatiyasi rahbariga ko‘ra, ittifoq keng ko‘lamli urush boshidan beri Ukrainaga 45 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111919 | Инструменты