Yevropa ittifoqi Yaqin Sharqdagi mamlakatlarga qurol embargosini joriy qila olmaydi, chunki bu masala Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarning milliy organlari vakolatiga kiradi. Bu haqda Yevropa ittifoqi tashqi ishlar xizmati vakili Peter Stano Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Yevropa ittifoqi qurol savdosi sohasida hech qanday vakolatga ega emas, bu masalani ittifoqqa a’zo davlatlar hal qiladi”, dedi u jurnalistlarning “Yevropa ittifoqidagi mojaroni hal qilish uchun butun Yaqin Sharqqa qurol embargosini joriy qilishi mumkinmi?” degan savoliga javob berar ekan.
Stanoning so‘zlariga ko‘ra, bunday taqiqni joriy qilish uchun “yoki BMT Xavfsizlik kengashining qarori yoki Yevropa ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning bir ovozdan qarori talab qilinadi”.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroilga harbiy amaliyotlar uchun qurol yetkazib berishni to‘xtatish zarurligini ma’lum qilgandi.
“Bizning siyosiy yechimga qaytishimiz, G‘azodagi janglar uchun qurol yetkazib berishni to‘xtatish ustuvor vazifadir”, degan edi Fransiya yetakchisi.
Makronning qo‘shimcha qilishicha, hozir Fransiya hukumatining asosiy vazifalaridan yana biri eskalatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты