Huawei 2
Yevropaning “eng baxtsiz”  mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi

YeIning "eng baxtli" va "baxtsiz" mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxat Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika agentligi Eurostat tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar aholisining o‘z hayotidan qanchalik mamnunligi o‘rganilgan holda tuzilgan. 

So‘rovnomada qatnashgan shaxslardan kelajak haqida qanchalik optimistik yoki vaziyatga qarab, qanchalik pessimist ekani so‘ralgan.

Yevropaning eng baxtli mamlakati deb Avstriya davlati topilgan. Birinchi uchlikdan ittifoqning eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lgan Polsha va Ruminiya ham joy olgan. Yevropa Ittifoqining eng boy davlatlaridan biri bo‘lgan Germaniya ro‘yxatning oxiridan ikkinchi o‘rinda turibdi. Eng quyi pog‘onadan esa Bolgariya joy olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda baxt indeksida 7,1 ball to‘plagan Germaniyada joriy yilda bu nisbat 6,5 ga tushgan. 

Germaniya iqtisodiy turg‘unlikdan tashqari, Ukrainadagi urush, immigratsiyaning misli ko‘rilmagan o‘sishi kabi muammolari bilan ham kurashmoqda.

Bolgariya, Ruminiya, Litva, Slovakiya, Portugaliya, Vengriya, Xorvatiya, Kipr, Germaniya va Sloveniyada shahar aholisi hayotdan ko‘proq mamnun ekanliklarini aytishgan bo‘lsa, Malta, Avstriya, Finlyandiya, Niderlandiya, Belgiya, Irlandiya, Shvetsiya, Daniya va Lyuksemburgda qishloq aholisi o‘zlarini ko‘proq baxtli hisoblashi aniqlangan.

Boshqa tomondan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 16-29 yoshdagi odamlar 65 yoshdan oshganlarga qaraganda hayotdan qoniqish darajasi yuqoriroq bo‘lgan. Farzandli oilalar, yolg‘iz oilalarga qaraganda baxtliroq ekanini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga