Huawei 1
Yun Sok Yol so‘roqda ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol sog‘lig‘i sababli o‘tkazilishi kerak bo‘lgan keyingi so‘roqda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

“Prezident Yun o‘zini yaxshi his qilmayapti va kecha o‘z ahvolini to‘liq tushuntirib berdi”, degan davlat rahbarining advokati Yun Gap Geun. 

Manbaga ko‘ra, so‘roq ishlari keyinga surilishi mumkin. 

Qo‘shimcha qilinishicha, 15 yanvar kuni Yun Sok Yol 10 soatlik so‘roq paytida ko‘rsatma berishdan bosh tortgan. Janubiy Koreya axborot agentligining xabar berishicha, davlat rahbari 15 yanvardagi isyonga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olinganidan keyin tunni tergov izolyatorida o‘tkazgan. Avvalroq siyosatchining advokatlari Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasidan (CIO) 16 yanvar ertalabga belgilangan surishtiruv boshlanishini keyinga surishni so‘ragan. Yun Sok Yol so‘roqqa o‘z ixtiyori bilan kelishga qaror qilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11622 | Инструменты