Huawei 1
Zelenskiy ittifoqchilar bilan o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilganini rad etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ittifoqchi davlatlar rahbarlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan qo‘shma brifingda ta’kidladi.

«Ittifoqchilar bilan har qanday o‘t ochishni to‘xtatish — bizning muhokama mavzumiz emas va bu haqida gapirmadik. OAVda bugun xuddiki men o‘t ochishni to‘xtatish maqsadida gaplashish uchun kelganim haqida ma’lumotlar tarqaldi. Yo‘q, yo‘q, bu haqiqat emas», — deydi Zelenskiy.

U OAVdagi aynan qaysi xabarlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Aftidan, Ukraina rpezidenti Italiyaning Corriere della Sera gazetasida chop etilgan material haqida gapirgan. Unda aytilishicha, Zelenskiy hozirgi front chizig‘ida jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyor. Nashr versiyasida ko‘ra, Ukraina prezidenti buni «G‘arbning ma’lum majburiyatlari» hisobiga amalga oshirishi mumkin. Talablar orasida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini tezlashtirish va AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatining taqdim etilishi ham bor.

Ukraina prezidentining kommunikatsiya bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Litvin Italiya gazetasida tarqatilgan ma’lumotni «haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina pozitsiyasi «Tinchlik forumi»da qo‘yilgan masalalarga bog‘liq.

10 oktyabr kuni Zelenskiy London va Parijga tashrif buyurib, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, NATO bosh kotibi Mark Ryutte va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbirlar davomida u o‘zining «g‘alaba rejasini» taqdim etgan.

The Times ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiyning rejasi quyidagicha: G‘arb tomonidan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida so‘rov, NATOga qo‘shilishdagi o‘zaro mudofaa pakti, Ukraina iqtisodiyotini qayta tiklashni xalqaro moliyalashtirish.

Zelenskiyning «G‘alaba rejasi»

Zelenskiyning «g‘alaba rejasi» asosiy bandlaridan biri Ukraina uchun NATOga qo‘shilish paytida o‘zaro mudofaa shartnomasiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga oladi. Ammo Bloomberg suhbatdoshlaridan biri ta’kidlaganidek, ishonchli ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari, ayniqsa Qo‘shma Shtatlardan, aslida Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishini anglatadi. Rossiya Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini imkonsiz deb hisoblagani uchun barcha tomonlarni muzokaralar stoliga qanday formula olib kelishi noma’lum, deydi manba.

Rasmiy ravishda Ukraina Zelenskiy taklif qilgan «tinchlik formulasi»ni amalga oshirishni talab qilmoqda, bu 1991 yilgi chegaralarga qaytish va rus qo‘shinlarini bosib olingan hududlardan olib chiqib ketilishini o‘z ichiga oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101115 | Инструменты