Ukraina rahbari Kiyev hamkorlari Shimoliy Koreya askarlarining Rossiya tomonidagi urushda qatnashish uchun Rossiya chegarasi hududida to‘planishiga munosabat bildirmaganidan norozi
11 ming shimoliy koreyalik harbiy xizmatchi Rossiya Federatsiyasi tomonida Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaning Kursk viloyatiga yetib keldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 4-noyabr, dushanba kuni kechki videomurojaatida mamlakat Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi razvedka xizmati xabarlariga tayanib ma’lum qildi.
“Shimoliy koreyaliklar soni ortganini ko‘ryapmiz, ammo sheriklarimiz munosabati oshganini ko‘rmayapmiz”, — deya shikoyat qildi Ukraina rahbari.
Qo'shma Shtatlar, shuningdek, Ukraina bilan chegaradosh Rossiya hududidagi Shimoliy Koreya kuchlari soniga o'z bahosini berdi. Vashington maʼlumotlariga koʻra, Kursk viloyatida KXDRning 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisi bor, dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller. 31-oktabrdayoq Vashington sakkiz ming haqida gapirgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110513 | Инструменты