Huawei 1
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi “Gastro Antaliya 2022” xalqaro pazandalik chempionatida sovrindor bo‘ldi

"Gastro Antaliya-2022" oshpazlik chempionatida dunyoning turli burchaklaridan, xususan, Isroil, Italiya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Dogʻiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Ispaniya, Turkiya va boshqa koʻplab davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar, shuningdek, oliy toifadagi hakamlar ham ishtirok etishdi.

Ma’lumot oʻrnida qayd etish joizki, ushbu chempionat 2021-yilda pandemiya sababli cheklangan ishtirokchilar bilan oʻtkazilgan. “Gastro Antaliya 2022” chempionati 32 davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan Turkiyadagi eng yirik va eng nufuzli musobaqaga aylandi.

Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi chempionat yakuniga koʻra 4 ta medalni qoʻlga kiritdi. Jumladan, Shoxruzxon Ibragimov “Baliqli taom” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin (oltin medal) va “Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom” nominatsiyasi boʻyicha 2-oʻrin (kumush medal), Elerbek Mirboboyev esa “Yilning oltin oshpazi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin (oltin medal) va “Pasta” nominatsiyasida 2-oʻrin (kumush medal) sohibi boʻlishdi.

Ma'lumot uchun, yurtimizda gastroturizmni rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda Mo‘ynoq va Samarqand shaharlarida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan gastrofestivallar o‘tkazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31610 | Инструменты