Huawei 1
Toshkentda ayol kishini yonini olmoqchi bo‘lgan erkak kaltaklanib, komaga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkenidagi kafelardan birining yonida bir erkak boshqa bir erkakni urib, tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 mart tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida mijoz sifatida kelgan 1995 yilda tug‘ilgan A.Sh. o‘zining tanishi 1985 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 1990 yilda tug‘ilgan B.A. ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida A.Sh. uni urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada, B.A. "bosh miya jaroxati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jaroxati va spirtdan zaxarlanish" tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. B.A.ning do‘sti Instagram orqali xabar qilishicha, jabrlanuvchi ayni vaqtda shifoxonada koma holatida.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Tergov harakatlari davom etmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31719 | Инструменты