Statistika agentligi avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sonini ma'lum qildi. Unga ko'ra, o'tgan 10 oyda eng ko'p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan — 89 410 dona. Shuningdek, ushbu vaqt mobaynida 25 432 ta “Onix” avtomobili ham ishlab chiqarilgan.
Quyida yanvar-oktyabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni keltirilgan:
— “Cobalt” – 89 410 dona
— “Damas” – 69 323 dona
— “Lacetti-Gentra” – 65 676 dona
— "Tracker" – 33 970 dona
— “Onix” – 25 432 dona
— “Chery” – 8 580 dona
— Maxsus yengil avtomobillar – 18 836 donaAvvalroq, UzAuto Motors sotuvda mavjud bo'lmagan 5 xil turdagi Onix narxlarini oshirgani xabar qilingandi. Shunda Chevrolet Onix’ning eng arzon komplektatsiyasi narxi 149 mln so‘mdan 177 mln so‘mgacha qimmatlashgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20512 | Инструменты