2024-yilda O'zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozdagi ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,45 kvadrillion so‘mdan oshdi. Bu miqdor yil davomida Markaziy bank eʼlon qilgan dollar kurslarining o‘rtacha miqdoridan kelib chiqilsa, taxminan 115 mlrd dollarga teng bo‘ladi.
Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakunida O‘zbekiston aholisi soni 37 million 543 ming nafardan ortgan. Shunda YIM miqdori aholi jon boshiga kamida 3 ming dollardan to‘g‘ri keladi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda tashqi savdo aylanmasi hajmi 65,9 milliard dollardan ortgan. Shundan eksport 26,95 milliard dollardan ortib, yillik 8,4 foizga o‘sgan. Import salkam 38,98 milliard dollarni tashkil etib, 0,8 foizga ko‘paygan.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonining yalpi ichki mahsuloti hajmi 1 kvadrillion 66,5 trln so‘mni tashkil etgandi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid:
Maqola muallifi: Malika Norboyeva
Alpha version: 0.9.1.19 build 12416 | Инструменты