Huawei 1
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

2023-yilda O‘zbekistonining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 66,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sgan.

Xususan, sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6 foizni tashkil etib, YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 1,5 foiz punktga, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 1 foiz punktga, xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi 6,8 foizni tashkil etib, YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 2,6 foiz punktga baholangan.

Shuningdek, qurilish sohasi 6,4 foizga, sof soliqlar miqdori 7,4 foizga o‘sgan.

O‘tgan yili respublika isteʼmol sektorida inflyatsiya darajasi 8,8 foizni tashkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 9,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa o‘rtacha 7,7 foizga qimmatlashgan.

2023-yilda AQSH dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha rasmiy kursi 11 741 so‘mga teng bo‘lgan. Shunga ko‘ra, mazkur kurs bo‘yicha hisoblangan YAIM hajmi 90 mlrd 841 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 mlrd 457 mln dollarga ko‘p.

O‘tgan yili aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi 29,3 mln so‘m yoki 2494 dollarga yetgan. Bunda, yil davomidagi doimiy aholi soni o‘rtacha 36 mln 412 ming kishi deb olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12423 | Инструменты