Huawei 1
2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi 5,9% ga mustahkamlandi

2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Bu haqda Markaziy bank taqdimotida keltirilgan.

23-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov o‘tgan yil so‘nggi oylarida real samarali almashuv kursining ma’lum darajada mustahkamlanishi qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lganini qayd etdi.

Buning sabablari qatorida rergulyator raisi savdo hamkorlari valyutalarining qadrsizlanishi va O‘zbekistonda inflyatsiyaning bu mamlakatlarga nisbatan yuqori darajasini ko‘rsatib o‘tdi. O‘tgan yili inflyatsiya 9,8% ni tashkil etib, prognozdan yuqori bo‘ldi. Joriy yilda Markaziy bank inflyatsiyaning 7−8% gacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.

“Joriy yilning ikkinchi yarmida inflyatsiya darajasining pasayishi bilan real samarali almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishi kutilmoqda”, — dedi u.dollar, markaziy bank, o'zbek so'mi, valyuta, valyutalar kursi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20101 | Инструменты