Tailandda ruxsat etilgan muddatdan olti kun uzoqroq qolgan 21 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Puket shahri aeroporti immigratsiya nazorat punkti xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 10:30 da Puket aeroporti immigratsiya xizmati tergov bo‘limi politsiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston fuqarosini mamlakatda qolish tartibini buzgani uchun qo‘lga olgan. 21 yoshli yigit Tailand immigratsiya qonunlarini buzib, uning mamlakatda qolishi ruxsat etilgan muddatdan 6 kunga oshib ketgan.
Ushbu shaxs qo‘shimcha tergov o‘tkazish va qonun bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun Saku politsiya bo‘limiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning oktyabr oyida Tailandda o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik uchun sotishda gumonlangan “Gumi xonim” qo‘lga olingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20101 | Инструменты