Kuvayt Savdo-sanoat palatasida mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan davra suhbati va O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumi tashkil etildi.
Tadbirlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o'rinbosari Shoxrux G'ulomov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi qatnashdi. Kuvayt tomonidan Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, Investitsiya kompaniyalari uyushmasi, Sanoat korxonalari uyushmasi, yirik sarmoyaviy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Kuvaytlik investor va biznes doiralari vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil so'zlab berildi.
O'zbekistonning investitsion salohiyatiga va mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy hududlar faoliyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Tadbirda doirasida, shuningdek, O'zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan sarmoyaviy loyihalar va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi dasturlar taqdimoti o'tkazildi.
Kuvayt biznesi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar uyushtirildi. Qayd etish kerakki, Kuvayt tomoni O'zbekistondagi loyihalarga yuqori qiziqish bildirdi.
Tomonlar o'rtasida o'zaro ma'lumot almashish, hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha amaliy ishlarni boshlash bo'yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13019 | Инструменты