Beeline Toshkent markazidagi bosh ofisini sotuvga qo‘ydi

Beeline uyali aloqa operatori Toshkent shahri markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinida joylashgan bosh ofisi binosini sotuvga qo‘yganini e’lon qildi.

Xabarda binoning sotilishi “boshqa binoga ko‘chib o‘tilayotgani” bilan bog‘liqligi aytilgan. Sotuv narxi bo'yicha ma'lumot keltirib o‘tilmagan.

Ma'lumot uchun, Beeline bosh ofisi 1988-yilda qurilgan bo‘lib, 2014-yilda rekonstruksiya qilingan. Bino 6 qavatdan hamda mansarda va yerto‘ladan iborat. Umumiy maydoni – 14 739 kv m. Shuningdek, 75 o‘rinli avtoturargohi bor.

Kompaniya, shuningdek, boshqa binoga ko‘chib o‘tish sababli Shayxontohur tumani Qoratosh massivi manzilida joylashgan 3 qavatli ofis binosini ham sotmoqda.Muassasa 2010-yilda qurilgan va 2015-yilda rekonstruksiya qilingan. Umumiy maydoni 2595 kvadrat metrni tashkil etadi. Avtoturargohga ega emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты