Toshkent viloyati Chinoz tumani vakillari Xitoyning Shandun provinsiyasida boʻlib, bir qator ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini oʻrgandi.
Koʻplab investorlar hamda ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muloqotlar davomida yana bir muhim loyiha: neftdan yoqilgʻi (benzin, dizel) mahsulotlarini olish boʻyicha kelishuv shartnomasini imzolashga erishildi.
“Dongying Zhengfeng New Energy Co., Ltd.” kompaniyasi bilan tumanda umumiy qiymati 100 mln dollarlik zavod qurilishi amalga oshiriladi.
Shuningdek, hududda kafel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ham hayotga tatbiq etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122322 | Инструменты