2024 yil uchun Qirg‘izistonda mashhur bo‘lgan ismlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Kizmat” agentligining statistik ma’lumotlarida keltiriladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tayotgan yilda Qirg‘izistonda Muhammad va Soliha ismlari yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Bu ismlar oxirgi uch yillikda ham reytingda birinchi bo‘lib kelmoqda.
Qayd etilishicha, erkak ismlari orasida Muhammad (7183), Umar (4335), Ali (3220), Amir (2861), Usmon (2285), Bilol (2224), Alixon (2178), Nurislom (1750) eng ko‘p qo‘yilgan.
Ayollar orasida esa Soliha (3 736), Aylin (3 655), Safiya (2 774), Amina (2 772), Fotima (2 738), Alia (2 588), Oysha (2 396), Rayana (2 305), Xadicha (2 247), Aruzat (2 108), Alfiya (2 013), Maryam (1 708), Osiyo (1 665), Yasmina (1 487), Dariya (1 461) ismlari keng tarqalgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122322 | Инструменты