Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishida 3,5 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qulladi, deb xabar berdi Jahon banki matbuot xizmati.
Ushbu kafolat “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” davlat kompaniyasining 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Xorazm viloyatidagi mazkur obyektni qurish va ekspluatatsiya qilish Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish 2025-yilning noyabriga mo‘ljallangan. U 177 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.
Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini qisqartirish va 60 mingga yaqin xonadonni toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.
“Jahon banki guruhi „O‘zbekiston-2030“ strategiyasiga muvofiq O‘zbekistonning energiya bo‘yicha ehtiyojlarini qondirishda va 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalarini 25 GVtga yetkazishda qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ushbu o‘n yillikning oxiriga kelib mamlakatda iste’moldagi elektr energiyasi ulushining 40 foizini tashkil etadi”, — dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova.
Quyosh elektr stansiyasi loyihasini Voltalia shu’ba korxonasi Sarimay Foreign Enterprise amalga oshiradi. Kompaniya ushbu obyektni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish va foydalanish uchun javobgar bo‘ladi. Ekspluatatsiyaga topshirilganidan so‘ng Sarimay Foreign Enterprise stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasini O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlariga sotadi. Bu ikki tomon o‘rtasidagi 25 yil muddatga elektr energiyasi sotib olish shartnomasida ko‘zda tutilgan.
Jahon banki tomonidan taqdim etilgan 3,5 million dollargacha bo‘lgan bank kafolati “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” tomonidan Sarimay Foreign Enterprise’daye elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Ushbu kafolat, shuningdek, Xorazm viloyatida loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 80 million dollarlik qo‘shimcha kapital investitsiyalarni, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan 54 million dollardan ortiq moliyalashtirishni jalb qilishga yordam berdi.
“2020-yildan buyon Jahon banki va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekiston hukumatining 1000 MVt quyosh va 500 MVt shamol energiyasi quvvatlarini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun biz bank kafolati, moliyaviy resurslar, maslahat xizmatlari va texnik yordam ko‘rsatdik, shuningdek, qayta tiklanadigan energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashdik”, — dedi Jahon banki energetika bo‘yicha katta mutaxassisi va O‘zbekiston energetika sektorida bank kafolatlari bo‘yicha ishchi guruh rahbari Farxat Esen.
Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Alpha version: 0.9.1.19 build 122400 | Инструменты