“Telegram” o‘zining uch yillik monetizatsiya tarixida birinchi marta daromadli bo‘ldi, deya xabar berdi messenjer egasi Pavel Durov o‘zining kanalida.
Durovning ma’lum qilishicha, joriy yilda “Telegram Premium” obunachilari soni 3 barobarga ko‘payib, 12 mlndan, reklama daromadi ham bir necha barobar oshgan.
Natijada, “Telegram"ning 2024-yildagi umumiy daromadi $1 mlrddan oshdi va biz yilni kripto-aktivlarni hisobga olmaganda $500 mlndan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlayapmiz”, deya ma’lum qildi Durov.
Uning ta’kidlashicha, messenjer so‘nggi to‘rt yil mobaynida “Telegram” taxminan 2 mlrd miqdorida qarz olgan va “Telegram” obligatsiyalari uchun qulay narxlardan foydalanib, joriy yil kuzida uning sezilarli qismi qaytarilgan.
Durov joriy yilda monetizatsiya sohasidagi yangiliklar sifatida — “Yulduzlar”, “Hadyalar”, “Giveaways”, “mini-ilovalar”, “Hamkorlik platformasi”, “Telegram Biznes” va “Telegram Gateway” ishga tushirilganini qayd etdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy media platformalari mustaqil va foydalanuvchi huquqlarini hurmat qilgan holda moliyaviy barqarorlikka erishishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты