Huawei 1
Eron kompaniyasi O'zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarish bo'yicha loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda Bosh sahifa Iqtisodiy diplomatiya

O'zbekiston elchisi Fariddin Nariyev Eronning "Golrang Pharmaceutical Investment Co" xoldingiga tashrif buyurdi va korxona rahbari Qosim Ali Ashoftex bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot davomida Eron kompaniyasi ishtirokida O'zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eron tomoniga O'zbekistonda farmatsevtika va tibbiyot sohasida ro'yobga chiqarilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalarga taqdim etilayotgan imtiyoz va qulayliklar, mamlakatimiz hududlarida faoliyat yuritayotgan farmatsevtika bo'yicha erkin iqtisodiy zonalar to'g'risida batafsil so'zlab berildi.

"Golrang Pharmaceutical Investment Co" xoldingi rahbari o'z navbatida, O'zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarish bo'yicha korxonani ta'sis etish masalasini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi va bu borada loyihaviy taklifini ishlab chiqib, o'zbek tomoniga taqdim etishini ma'lum qildi.

O'zbekiston elchisi tashrif davomida xolding ishlab chiqarish quvvatlari va dori vositalari shou-rumini ham ko'zdan kechirildi.

"Golrang Pharmaceutical Investment Co" xoldingi 2010-yilda tashkil topgan bo'lib, Erondagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi va salohiyatli kompaniya hisoblanadi. Xolding tarkibiga 14 kompaniya kiradi va ular 286 turdagi gastroenterologiya, metabolizm, qandli diabet, mushak-skelet tizimi, og'riqni qoldiruvchi, asab tizimi, nafas olish tizimi, onkologiya va yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga qarshi dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты