Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini yarmidan ko‘proqqa qisqartirdi.
O‘tgan oyda Xitoyga o‘zbek gazi yetkazib berish 2,08 baravarga — $38,77 mlndan 18,6 mlngacha qisqardi.
2023-yilning birinchi choragida O‘zbekiston Xitoyga ko‘k yoqilg‘i eksport qilmadi.
Biroq Xitoy tomonining statistik ma’lumotlari Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Unga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston $26,7 mlnlik tabiiy gaz eksport qilgan — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 barobar ko‘pdir.
Dastlabki ikki oyda Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 95,6 barobarga oshib, $166,7 mlnga yetdi. 2023-yil oxirida O‘zbekiston tarixda birinchi marta gaz eksportchisidan import qiluvchi davlatga aylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110806 | Инструменты