Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston — 62 347 nafar;
Qozog‘iston — 9 537 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;
Rossiya — 1 424 nafar;
Turkmaniston — 727 nafar;
Turkiya — 29 nafar;
Afg‘oniston — 23 nafar;
Ukraina — 16 nafar;
Ozarbayjon — 12 nafar;
AQSH — 12 nafar;
Boshqa davlatlar — 60 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110723 | Инструменты