Huawei 1
Rossiya Qozog‘istondagi AES qurilishida qatnashmoqchi

Rossiya Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha takliflar kiritdi. Shu bilan birga, mamlakat atom energiyasi davlat korporatsiyasi – “Rosatom” o‘z salohiyatini taqdim etishga tayyor. Bu haqda 7 noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘istonga qilgan ishchi tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Rossiya nafaqat AES qurilishiga yordam berishga tayyor, balki o‘z takliflarini ham kiritdi. Biz Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘tkazgan referendumni kuzatdik. U atom energetikasini rivojlantirish rejalari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ldi. “Rosatom” ushbu masalani qozog‘istonlik do‘stlarimiz bilan hal qilish uchun o‘z salohiyatini to‘liq taqdim etishga tayyor”, dedi vazir.

Lavrov, shuningdek, Rossiya boshqa davlatlarning tegishli agentlik va tuzilmalari bilan hamkorlik qilishga ham tayyorligini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110800 | Инструменты