AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng, Turkiya AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli respublikaning moliyaviy institutlariga ko‘rsatayotgan bosimini kelgusi davrda kamaytirishini kutmoqda. Bu haqda 7 noyabr kuni Turkiya Savdo vaziri O‘mer Bolat ma’lum qildi.
“Bizning kompaniyalarimizga Rossiyaga qarshi sanksiyalar sharoitida moliyaviy sohada katta bosim o‘tkazilmoqda. Xususan, banklarimizga juda katta bosim bo‘lmoqda. Kelgusida buning kamayishi yoki umuman to‘xtatilishini kutyapapmiz. Agar Ukrainada tinchlik o‘rnatilsa, bu sohada, jumladan, Ukrainada va Rossiyada pudrat xizmatlari va investitsiyalar sezilarli o‘sishiga sabab bo‘ladi”, dedi vazir.
Bolat, shuningdek, respublikachilar partiyasi Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritganini va bu ularga Kongress orqali moliyaviy tashabbuslarni amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlagan. Xususan, u Turkiya AQSH bilan savdo aloqalarini ehtiyotkor optimizm bilan baholayotganini bildirgan. Shuningdek, Bolat mamlakat mudofaa sanoatidagi ba’zi ehtiyojlar, xususan, embargo bekor qilinishi va Turkiyaga nisbatan yanada muvozanatli, adolatli va teng huquqli yondashuvni qo‘llash orqali qondirilishini kutayotganini ma’lum qilgan.
“Bundan tashqari, bojxona to‘lovlarining, xususan, po‘lat va to‘qimachilik mahsulotlarimizga nisbatan pasayishini kutyapmiz”, dedi vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110800 | Инструменты