Huawei 1
Toshkentda Nexia-3 avariyaga uchrab, ag‘darilib ketdi

7 noyabr kuni Toshkent shahri Yunosobod tumanida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

“Joriy yilning 7 noyabr kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish  ko‘chasida haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan Ya.M. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida, yo‘lni ajratib turuvchi betonga to‘qnashib ag‘darilgan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, IIBB tomonidan barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlari hamda oraliq masofani saqlab tezlikni oshirmasdan harakatlanishlari so‘ralgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110800 | Инструменты